Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Setyen Messi haqida: "Fikrlarimizni tozalashimiz kerak"

Setyen Messi haqida: "Fikrlarimizni tozalashimiz kerak"

Автор: admin

"Barselona" bosh murabiyi Kike Setyen jamoa hujumchisi Leonel Messining "Osasuna"ga qarshi o‘yindan keyin bildirilgan fikrlariga izoh berib o‘tdi.
"To‘g‘ri, agar so‘nggi o‘yinlardagi kabi yomon o‘ynasak, "Napoli" ustidan g‘alaba qozona olmaymiz. Bu aniq. Klubda ko‘p narsalarni yaxshilash kerak. Biz yanada ishonchli o‘ynashimiz kerak. Bu haqiqat. Agar biz "Vilyarreal" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindek o‘ynashda davom etsak, Chempionlar Ligasida g‘alab qozonishimiz mumkin. Biz 90 daqiqa davomida yanada ishonchli harakat qilishimiz va o‘zimizning eng yaxshi darajamizni namoyish eta olishimiz zarur.
Messining so‘zlariga keladigan bo‘lsak, deyarli ko‘pchilik odamlar ba’zida noto‘g‘ri talqin qilingan narsalarni aytishadi. Bu har kuni sodir bo‘ladi. Menimcha, bu muhim emas. Ayni paytda barchamizga tanaffus kerak, fikrlarimizni tozalashimiz kerak", -dedi murabbiy.
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *