Goal24.uz » O'zbekiston » “Paxtakor”ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Paxtakor”ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

“Paxtakor” futbol klubining besh nafar o‘yinchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
“Jamoa a’zolarining 5 nafar vakilida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda klubning barcha xodimlari, jamoa personallari hamda futbolchilar qo‘shimcha test topshirgan. Mazkur test natijalari dushanba kuni chiqishi kutilmoqda. “Paxtakor” klubi koronavirus aniqlangan 5 futbolchisini o‘zini o‘zi yakkalash holatiga olib, barcha tibbiy vositalar, dori-darmonlar bilan ta’minlagan holda tibbiy nazoratda ushlab turibdi”, —deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Paxtakor” 9-tur doirasida 13-iyul kungi OKMK qarshi bahsdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazmagan.
Nashr virusni qaysi futbolchilar yuqtirib olgani to‘g‘risida ma’lumot ochiqlamagan.
Avvalroq Superliganing yana ikki klubi — “Surxon” va “Bunyodkor”da ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatilgandi.
214   
Добавить комментарий
Ваше имя: *