Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan La Liganing so‘nggi turi uchun “Real” qaydnomasini e’lon qildi. Unda Beyl va Xames yo‘q

Zidan La Liganing so‘nggi turi uchun “Real” qaydnomasini e’lon qildi. Unda Beyl va Xames yo‘q

Автор: admin

Madridning “Real” jamoasi La Liganing so‘nggi — 38-turida “Leganes” maydoniga safar qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uchrashuvni Marselo jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. Xames Rodriges, Eden Azar va Garet Beyl kabi futbolchilar qaydnomaga kiritilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Beyl va Xames Zidandan o‘zlarini qaydnomaga kiritmaslikni so‘ragan. Ikkala futbolchi ham ayni damda o‘ziga boshqa klub qidirayotgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” o‘tgan turda chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygan.
O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 22 nafar futbolchi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *