Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» sobiq hujumchisi klub bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

«Barselona» sobiq hujumchisi klub bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» klubi safida 1998 yildan 2004 yilgacha to‘p surgan hujumchi Patrik Klyuyvert jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning yozishicha, hozirda «Barselona» klubi akademiyasi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan niderlandiyalik 44 yoshli sobiq futbolchining nomzodini jamoa futbolchilari ham qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Yanvar oyidan buyon klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Kike Seten mavsum yakunida klub prezidenti Xosep Bartomeu tomonidan iste’foga chiqarilishi kutilmoqda. 
Avvalroq, portugaliyalik taniqli futbol agenti Jorje Mendesh Kataloniya klubi rahbariyatiga bosh murabbiy sifatida «Pari Sen-Jermen» va Fransiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan nomzodini tavsiya qilgani xabar qilingandi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *