Goal24.uz » O'zbekiston » Jasurbek Yaxshiboyevning transfer huquqi endi «Paxtakor»ga tegishli emas

Jasurbek Yaxshiboyevning transfer huquqi endi «Paxtakor»ga tegishli emas

Автор: admin

Yil boshida «Paxtakor»dan ijara asosida Belorusning «Energetik-BGU» klubi safiga borib qo‘shilgan Jasurbek Yaxshiboyev, o‘tgan haftada subijara asosida Soligorskning «Shaxtyor» klubi safiga o‘tgan edi.
Belarusning tribuna.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, endi Yaxshiboyevning transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli emas. O‘zbekistonlik 22 yoshli yarimhimoyachining agentlari «Paxtakor» klubidan Jasurbek Yaxshiboyevning shartnomasini to‘liq sotib olgan. 
Shu bois Yaxshiboyevning transfer huquqi ham endi futbolchining agentlari qo‘lida bo‘ladi. Oldinroq, futbolchining o‘zi mavsum yakunida «Paxtakor» klubiga qaytish niyati yo‘qligini bildirgandi.
Yaxshiboyev joriy mavsumda «Energetik-BGU» safida 14 o‘yinda 9ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, «Shaxtyor»dagi debyut o‘yinida ham gol urib, 10ta gol bilan Belarus Oliy ligasida to‘purarlar safida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Paxtakor» klubi sport direktori Ja’far Irismetov Tribuna.uz saytiga bergan intervyusida Jasurbek Yaxshiboyev masalasida Xorvatiya, Vengriya, Portugaliya hamda Belarus klublaridan qiziqish bo‘lganligini ma’lum qilgandi.
405   

Комментарии
(1)

  1. Mirsaid 4 декабря 2020 13:24
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Olga Jasur malades, barakalla
Добавить комментарий
Ваше имя: *