Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdag eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Getse Ispaniyada?!a

Ispaniyaning “Sevilya” klubi erkin agentga aylangan Mario Getse bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
“Sky Germany" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi klub bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, Mario o‘z tehnikasini namoyish etishi uchun ham “La Liga”da to‘p tepmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mario bu mavsumda Bundesliganing 21 ta o‘yinida maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi.

Osimxen “Napoli”da?!

Fransiyaning “Lill” jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen deyarli “Napoli” klubi bilan shartnoma imzoladi.
“L'equipe"ning ma’lum qilishicha, “Napoli” Milikni sotib yuborishi bilan Viktorning transferini rasman e’lon qiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar ushbu transfer amalga oshmasa, “Napoli” bor e’tiborini Serdar Azmunga qaratadi.

Baloteli 3 dvizionda?!

Italiya nashrlarining ma’lum bo‘lishicha, “Breshia” hujumchisi Mario Baloteli tez orada “C seriya” vakili “Komo” bilan shartnoma imzolashi mumkin.
E’tiborlisi shundaki, “Komo” jamoasi yaqindagina yangi badavlat rahbar qo‘liga o‘tgan. Indoneziyalik biznesmen o‘z jamoasida Balotellini ko‘rish uchun hujumchi istagan summada maosh berish tayyor.
Esaltib o‘tamiz, “Komo” Balotellidan tashqari yana bir nechta mashhur futbolchilarga taklif bilan chiqqan.

“Inter” “Torino” hujumchisiga ko‘z tikdi

Milanning “Inter” jamoasi Turin klubi hujumchisi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Tuttosport" nashrining ma’lum qilishicha, Belotti bilan “Manchester Yunayted” va “Inter” klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Inter” agar Lautaroni sotib yuborsa, uning o‘rnini “Torino” hujumchisi bilan to‘ldirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, taniqli transfermarket portali italiyalik forvordni 32 million yevroga baholamoqda.

Tiago “Liverpul” o‘tadi

Taniqli "Bild" nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” “Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 29 yoshli ispaniyalik pleymeyker uchun “qizillar” 22 million funt taklif qilgan. “Bavariya” esa, o‘z futbolchisini 36 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Tiagoning Myunhen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi.
260   
Добавить комментарий
Ваше имя: *