Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Antuan Grizmann “Barselona”dagi ilk mavsumida samaradorlik bo‘yicha Neymardan ortda qoldi

Antuan Grizmann “Barselona”dagi ilk mavsumida samaradorlik bo‘yicha Neymardan ortda qoldi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann katalon klubidagi ilk mavsumida PSJ hujumchisi Neymarning qayd etib ketgan ko‘rsatkichlardan o‘zib keta olmadi.
Marca hisob-kitoblariga ko‘ra, 2013/14-yilgi mavsumda Neymar (“Barselona”dagi ilk mavsumi) 41 ta uchrashuvda 15 ta gol urgan va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.
Grizmann esa 2019/20-yilgi mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi, biroq golli uzatmalari soni 4 tani tashkil qildi. Bu uning 2012/13-yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi sanaladi.
Ayni paytda fransiyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanmoqda. U La Ligada mavsumni yakunlay olmaydi, biroq avgust oyida o‘tkaziladigan “Napoli”ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Grizmanni 2019-yilning yozida 120 million yevro evaziga “Atletiko”dan sotib olgan.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *