Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus" Kostani sotib, polyak yoki meksikalik futbolchini xarid qiladi

"Yuventus" Kostani sotib, polyak yoki meksikalik futbolchini xarid qiladi

Автор: admin

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachi Duglas Kosta bilan xayrlashishi mumkin.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, braziliyalik xavbek "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "SHaharliklar"ning Duglas uchun PSJ bilan kurashishlari kutilmoqda. Futbolchining ehtimoliy transfer narxi bonuslar bilan 40-50 mln evroga baholanyapti.
"Keksa sinora" rahbariyati Kostaning transferidan tushgan daromadni Raul Ximenes ("Vulverxempton") yoki Arkadiush Milikni ("Napoli") xarid qilish uchun sarflaydi.
SHuningdek, turinliklar hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Edin Jeko ("Roma") va Aleksandr Lyakazett ("Arsenal") singari nomzodlarni ham ko'rib chiqishyapti.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *