Goal24.uz » O'zbekiston » Jasur Jaloliddinov transferi 1 mln yevroga baholandi. Bu miqdorning bor-yo‘g‘i 10 foizi “Bunyodkor”ga tegadi

Jasur Jaloliddinov transferi 1 mln yevroga baholandi. Bu miqdorning bor-yo‘g‘i 10 foizi “Bunyodkor”ga tegadi

Автор: admin

“Bunyodkor” yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
“Chempionat” nashrining xabar qilishicha, “Lokomotiv” Jaloliddinov uchun 1 million yevro sarflaydi. Uning 100 ming yevrosi futbolchining “Bunyodkor” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishga sarflanadi, qolgan 900 ming yevro esa Jasurning agentlariga nasib etadi. Shuningdek, 18 yoshli futbolchi 2020-yil oxirigacha ijara asosida toshkentliklar safida qoladi.
Shu tariqa “Bunyodkor” avval xabar berilganidek transferdan 350 ming yevro ishlab ololmaydigan bo‘ldi.
Jaloliddinov joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.
279   
Добавить комментарий
Ваше имя: *