Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Lautaro «Barsa»ga o‘tish uchun «Inter»da yana bir yil o‘ynashga tayyor

Lautaro «Barsa»ga o‘tish uchun «Inter»da yana bir yil o‘ynashga tayyor

Автор: admin

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirishni istamoqda. Shu bois, u boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarga rad javobini bermoqda. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi ushbu yozda "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tishni istayotgan edi. Ammo Martines transfer bozorida yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozni tushungan holda, "neradzurri" safida yana bir yil o‘ynashga qarshi emas. U keyingi yilning yozida "Barsa"ga o‘tishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Lautaro «Inter» rahbariyati bilan ushbu mavzuda bir necha marta suhbatlashgan. Buni «Inter» bosh direktori Beppe Marotta ham inkor qilmadi.
Manba: tribuna.com
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *