Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Angliya Kubogi. «Chelsi» «MYU»ni mag‘lub etdi – finalda «London derbisi» bo‘ladi

Angliya Kubogi. «Chelsi» «MYU»ni mag‘lub etdi – finalda «London derbisi» bo‘ladi

Автор: admin

Angliya Kubogining ikkinchi yarimfinalida «Chelsi» «Manchester Yunayted»dan ustun keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«Aristokratlar» finalda hamshaharlari «Arsenal» bilan bahs yuritishadi. «To‘pchilar» 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yarimfinalda «Manchester Siti»ni (2:0) dog‘da qoldirishgan edi.
Angliya Kubogi, yarimfinal
Manchester Yunayted – Chelsi 1:3
19 iyul, «Uembli»
Gollar: Fernandesh (85, penalti) – Jiru (45+11), Maunt (46), Maguayr (74, avtogol).
Manchester Yunayted: De Xea, Uilyams, Maguayr, Bayi (Marsyal, 45+2), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 79), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 55), Jeyms (Grinvud, 56), Matich, Lindelyof, Reshford (Igalo, 79). 
Chelsi: Kabalero, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Maunt (Pedro, 90+1), Kovachich (Loftus-Chik, 86), Villian (Hadson-Odoi, 80), Jorjino, Zuma, Jiru (Abraham, 80).
Ogohlantirish: Pogba (71).
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *