Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi Xavining natijasini yangilab, chempionat rekordini o‘rnatdi

Messi Xavining natijasini yangilab, chempionat rekordini o‘rnatdi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining bir mavsumida golli uzatmalar amalga oshirish bo‘yicha rekordni yangiladi.
Messi La Liganing 38-turida «Alaves»ga qarshi o‘yinda (5:0) Ansu Fatini golli pas bilan ta’minladi va bu uning mavsumdagi 21-golli uzatmasi bo‘ldi. Avvalgi rekord «Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi Ernandesga tegishli edi, u 2008/2009 yilgi mavsumda 20 golli uzatmani amalga oshirgandi. 
Messi bu o‘yinda dubl qayd etdi va bu uning mavsumdagi 24-25-gollari bo‘ldi. Ushbu 33 yoshli futbolchi qatorasiga 11-mavsumda kamida 25tadan gol urmoqda. U o‘z faoliyatidagi eng yaxshi natijani 2011/12 yilgi mavsumda qayd etgan – o‘shanda u chempionat o‘yinlarida 50 gol urishga erishgan.
Bu yil Messi Ispaniya chempionatining 33 o‘yinida qatnashdi (32tasi — boshlang‘ich tarkibda). U barcha turnirlar doirasida jami 42 o‘yin o‘tkazib, 30 gol urgan hamda 26 golga uzatma bergan.
«Barselona» bu mavsum Ispaniya chempionatini 2-o‘rinda yakunladi. Messining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *