Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. Chempion mavsumni durang bilan tugatdi, yevrokuboklarga yo‘l olgan va Segundaga tushib ketgan barcha jamoalar ma’lum (yakuniy jadval)

La Liga. Chempion mavsumni durang bilan tugatdi, yevrokuboklarga yo‘l olgan va Segundaga tushib ketgan barcha jamoalar ma’lum (yakuniy jadval)

Автор: admin

Ispaniya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar yakuniga yetdi. 
Bir tur avval chempionlikni rasmiylashtirgan «Real» safarda «Leganes» bilan durang o‘ynadi.
Madridning boshqa bir jamoasi «Atletiko» o‘z uyida «Real Sosedad» bilan murosa yo‘lini tanladi va finishga 3-pog‘onada yetib keldi. 
Ispaniyadan kelasi mavsumda «Real», «Barselona», «Atletiko», «Sevilya» Chempionlar Ligasida, «Vilyarreal», «Real Sosedad» va «Granada» Yevropa Ligasida harakat qiladi. 
«Leganes», «Espanol» va «Malorka» esa Segundaga tushib ketdi.
La Liga, 38-tur, 19 iyul
Leganes – Real 2:2
Gollar: Xil (45), Assale (79) – Ramos (9), Asensio (52).
Leganes: Kuelyar, Siovas, Silva, Rosales, Bustinsa, Xil, Resio (Mesa, 55), Ruibal (Gerrero, 46), Amadu (Aviles, 78), Tarin (Assale, 55), Manu (Oskar Rodriges, 46). 
Real: Areolya, Militao, Mendi, Ramos (Nacho, 46), Vaskes, Isko, Valverde, Asensio (Mariano, 61), Kazemiro (Kroos, 61), Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 61).
Ogohlantirishlar: Resio (39), Ruibal (43), Bustinsa (49), Silva (56), Mariano (66).
Alaves – Barselona 0:5
Gollar: Fati (24), Messi (34, 75), Suares (44), Semedu (57).
Alaves: Roberto, Magalyan, Laguardia (Tachi, 46), Marin, Agirregabiria, Mendes, Manu Garsiya (Feysa, 59), Kamarasa (Mahmud, 65), Berk (Rioxa, 46), Xoselu, Lukas Peres (Pere Pons, 46). 
Barselona: Neto, Langle (Semedu, 50), Arauxo, Serji Roberto, Alba, Vidal, Buskets (de Yong, 59), Puch, Fati (Breytueyt, 78), Suares, Messi.
Atletiko – Real Sosedad 1:1
Gollar: Koke (30) – Yanuzay (87).
Granada – Atletik 4:0
Gollar: Soldado (29), Puertas (56), Fernandes (67), Montoro (90+3).
Levante – Xetafe 1:0
Gol: Koke (90+9).
Osasuna – Malorka 2:2
Gollar: Adrian (21), Peres (68) – Agbenenu (45+1), Budimir (65).
Sevilya – Valensiya 1:0
Gol: Regilon (55).
Espanol – Selta 0:0
Vilyarreal – Eybar 4:0
Gollar: Zambo (71), Moreno (86, 89), Gomes (90+4).
Valyadolid – Betis 2:0
Gollar: Gvardiola (45+1), Plano (63).
228   
Добавить комментарий
Ваше имя: *