Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Istanbul» o‘z tarixida ilk bor Turkiya chempioniga aylandi

«Istanbul» o‘z tarixida ilk bor Turkiya chempioniga aylandi

Автор: admin

Turkiya Superligasida chempion aniqlandi. 
Chempionat yakuniga bir tur qolganda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Trabzonspor» o‘z uyida «Konyaspor»ga (3:4) yutqazib qo‘ydi. Peshqadam «Istanbul» esa «Kayserispor»dan minimal hisobda ustun kelib, finishga 1 tur qolganida trabzonliklardan 7 ochkoga o‘zib ketdi va muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
Shunday qilib «Istanbul» o‘z tarixida ilk bor Turkiya chempioniga aylandi. E’tiborlisi, so‘nggi 10 yilda birinchi marta mamlakat chempionatida «Galatasaroy», «Fenerbahche» yoki «Beshiktosh»dan boshqa jamoa chempion bo‘ldi.

«Istanbul» safida quyidagi mashhur futbolchilar to‘p tepishadi: Robino, Martin Shkrtel, Gael Klishi, Eljero Elia, Demba Ba, Aleksandr Yepuryanu va boshqalar. Jamoa bosh murabbiyi Turkiya milliy jamoasining sobiq o‘yinchisi Okan Burukdir.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *