Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard: «Finalga chiqqanimizdan faxrlanaman»

Lempard: «Finalga chiqqanimizdan faxrlanaman»

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiy Frenk Lempard Angliya Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga (3:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yinchilardan ko‘p narsani talab qila olmasdim. O‘yinga bo‘lgan munosabat a’lo darajada edi. «Manchester Yunayted» sxemani o‘zgartirganda yanada yaxshiroq harakat qildik. Finalga chiqqanimizdan faxrlanaman.
Rivojlanish bosqichida yomon o‘yinlar ham bo‘ladi – «Sheffild» bilan bahsda (0:3) shunday bo‘ldi. So‘nggi bir necha kun ichida juda yaxshi ishladik, futbolchilar hurmatga loyiq.
Futbolchilarim bu o‘yindan so‘ng yanada ishonchga ega bo‘lishlari kerak. Oldinda finallar bor: Premer-ligada 2 o‘yin va so‘ng «Arsenal» bilan kubok finali. G‘alaba qozonishni xohlaymiz», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *