Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Real» «Manchester Siti»dan o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashadi»

Zidan: «Real» «Manchester Siti»dan o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashadi»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Shuni va’da bera olamanki, «Real» «Manchester Siti»dan o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashadi. Biz keyingi bosqichga yo‘llanma olishimiz shart. Og‘ir o‘tgan chempionlik mavsumidan keyin bizda dam olish uchun vaqt bo‘ladi. Ammo men ta’til haqida gapirayotganim yo‘q, shunchaki ozroq dam olish haqida gapirayapman. Chempionlar ligasi bahslariga yangi kuch va ishtiyoq bilan kirishishimiz kerak», - deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» — «Real» uchrashuvi 7 avgust kuni Manchesterda o‘tkaziladi. YeCHL 1/8 final birinchi o‘yini doirasidagi Madriddagi bahsda «Real» 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *