Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pochettino Fransiya klubiga rad javobini berdi

Pochettino Fransiya klubiga rad javobini berdi

Автор: admin

«Tottenhem»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Fransiya chempionatida ishlashni xohlamadi.
The Athletic xabariga ko‘ra, «Monako» klubi argentinalik mutaxassisga rasmiy taklif jo‘natgan edi. Ammo Pochettino uni qabul qilmadi. Shundan so‘ng «Monako» «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Niko Kovachni tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, «Monako» Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida 40 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egalladi. So‘nggi 2 mavsum davomida klubni Terri Anri, Leonardu Jardim va Robert Moreno boshqardi.
Pochettino 2019 yil noyabr oyida «Tottenhem»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Avvalroq uning xizmatiga «Real», «PSJ» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *