Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Tibo Kurtua Samora sovrinini yutdi. “Real” darvozabonlari 12 yildan beri bu sovringa ega chiqolmayotgandi

Tibo Kurtua Samora sovrinini yutdi. “Real” darvozabonlari 12 yildan beri bu sovringa ega chiqolmayotgandi

Автор: admin

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua La Liga 2019/20-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra Samora sovriniga ega chiqdi.

Ushbu sovrin mavsum davomida o‘rtacha bir o‘yinda eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonga topshiriladi.
28 yoshli posbon Primera 34 o‘yinida maydonga tushib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu har o‘yinda o‘rtacha 0,59 gol degani. Shuningdek, Kurtua mavsum davomida 18 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.
Shu tariqa 2008-yildan beri ilk bor “Real” darvozaboni ushbu sovringa ega bo‘ldi. So‘nggi bor Iker Kasilyas Samora sovriniga ega chiqqandi.
Tibo uchun bu uchinchi sovrin hisoblanadi. Belgiyalik darvozabon 2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda Madridning boshqa klubi — “Atletiko” safida ushbu sovringa ega chiqqan.
200   
Добавить комментарий
Ваше имя: *