Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi: “Jamoa o‘yiniga baho berish uchun sardorlik bog‘ichi shart emas”

Lionel Messi: “Jamoa o‘yiniga baho berish uchun sardorlik bog‘ichi shart emas”

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining so‘nggi, 38-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsdan (5:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qiyin o‘yin o‘tkazdik, o‘yin vaqti va jazirama shuni taqozo etdi. Bugun biz kelajak sari muhim qadamni tashladik.
Biz uchun o‘yin borasida ham, natijalar bo‘yicha ham mavsum ajoyib bo‘lmadi. Ushbu o‘yin orqali bir qadam oldinga tashladik va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytardik. Hech kim bizni g‘alaba ishtiyoqi borasida mag‘lub eta olmaydi, qolgan narsalar esa ishonch ortidan keladi.
Jamoaviy mas’uliyat bo‘lishi muhimdir. Jamoa o‘yiniga baho berish uchun, albatta, sardorlik bog‘ichini taqish shart emas. Biz yanada barqaror bo‘lishimiz kerak. Juda yaxshi o‘ynagan vaqtlarimiz ham bo‘ldi, biz aynan shunday o‘yinni saqlab qolishga harakat qilishimiz lozim.
Individual sovrinlar ikkinchi darajali. La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lish bilan birga chempionlikni qo‘lga kiritishni ham xohlagandim. “Napoli”ga qarshi o‘yin oldidan bizga xotirjamlik kerak. Miyani tozalab, har qachongidan ham ko‘proq ishtiyoq bilan qaytish juda muhimdir”, — deydi Messi.
33 yoshli argentinalik hujumchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda u klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 26 ta golga hammualliflik qildi.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *