Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola “Liverpul” tanlovini ma’qulladi

Gvardiola “Liverpul” tanlovini ma’qulladi

Автор: admin

Unga tanlov yoqdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola chempionlik uchun kurashdagi raqobatchisi “Liverpul”ning tanlovini maqtadi.
Gap “Bavariya” futbolchisi Tyago Alkantara haqida ketmoqda. Yurgen Klopp Bundesliga chempionligiga sazovor bo‘lgan 29 yoshli futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.
“Barselona” va “Bavariya” kabi klublarda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi Angliya premer-ligasida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Alkantara – ajoyib futbolchi. Uning yakuniy qarorini kutish kerak, - dedi Gvardiola.
Joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda uchta gol urgan Alkantaraning “Bavariya” bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Myunxendan ketmoqchi bo‘layotgan futbolchini Yurgen Klopp intizorlik bilan kutmoqda.

153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *