Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» sobiq darvozaboni: «Sulsher qolgan o‘yinlarda de Xeani emas, Romeroni maydonga tushirish haqida o‘ylashi kerak»

«MYU» sobiq darvozaboni: «Sulsher qolgan o‘yinlarda de Xeani emas, Romeroni maydonga tushirish haqida o‘ylashi kerak»

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni Mark Bosnich Angliya Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (1:3) qarshi bahsda 2ta golda xatoga yo‘l qo‘ygan mankunianliklar posboni David de Xea haqida gapirdi.
«Bu vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li – imkon qadar tezroq xatosiz o‘yin o‘tkazish. De Xea «Yunayted» uchun uzoq vaqt ajoyib o‘ynadi, ammo u oxirgi 8-12 oy davomida doimiy xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Men Sulsher nima uchun Davidni qo‘llab-quvvatlayotganini bilaman – u murabbiy qilishi kerak bo‘lgan ishni bajarmoqda. Ammo de Xeaning xatolari mavsumning yakuniy qismida Romeroni darvozaga qo‘yish haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Agar de Xea «Vest Hem» bilan bahsda ham xato qilsa, nima bo‘lishini tasavvur qilavering. Barchasi Davidning navbatdagi mashg‘ulotni qanday o‘tkazishiga bog‘liq», – deb Bosnichning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *