Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zinedin Zidan: Qanday qilib “Manchester Siti” haqida o‘ylamaslik mumkin?

Zinedin Zidan: Qanday qilib “Manchester Siti” haqida o‘ylamaslik mumkin?

Автор: admin

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi javob o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qanday qilib “Manchester Siti”dan o‘ta olamizmi yoki yo‘q deb o‘ylamasligim mumkin? Keyingi bosqichga o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashamiz. Jamoamiz biroz dam olishi kerak, chunki mavsumning so‘nggi qismi qiyin kechdi. Ta’til haqida emas, balki hordiq chiqarish haqida gapiryapman. Biroz dam olishimiz kerak”, — deydi Zidan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 7-avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
19-iyul kuni Ispaniyada 2019/2020-yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Mavsum natijalariga ko‘ra “Real” “Barselona”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, 2016/17-yilgi mavsumdan keyin ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *