Goal24.uz » O'zbekiston » “PFL hech qachon bunday boshi berk ko‘chalarda bo‘lmagan”. Diyor Imomxo‘jayev Superliga o‘yinlari qoldirilganiga izoh berdi

“PFL hech qachon bunday boshi berk ko‘chalarda bo‘lmagan”. Diyor Imomxo‘jayev Superliga o‘yinlari qoldirilganiga izoh berdi

Автор: admin

O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev Superliga 10-tur o‘yinlari qoldirilganiga izoh berdi.
Diyor Imomxo‘jayev Superliga klublarning test javoblarini vaqtida taqdim etmayotgani va hatto, kasallikni yashirish holatlari ham kuzatilayotgani haqida yozg‘irib gapirdi.
“14 klub, 14 xil fikr. Mingta muxlis va ming xil fikr. Sog‘liq birinchi o‘rinda, oldinda xalqaro o‘yinlar bor, Yevropa shunday holatda futbolni davom ettiryapti...
Aslida biz ham davom ettira olamiz, ammo mas’uliyat birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Biz virus uchun test topshirgan futbolchining, test javobi chiqmay turib, boshqa klub bilan 90 daqiqa o‘ynaganini ko‘rdik. Biz test javoblarini vaqtida taqdim etmayotgan klublarni bilamiz. Biz kasalini yashirayotgan, ammo isitmasi oshkor qilish arafasida turgan klublarga egamiz. Shundan kelib chiqib, qaror qabul qilyapmiz. Menimcha, PFL hech qachon bunday boshi berk ko‘chalarda bo‘lmagan.
PFL xodimlarining 60 foizi 10 kunlar avval uydan ishlashga o‘tkazilgan. Taxminan, 7—8 kishi shunday sharoitda bir yoqadan bosh chiqaryapmiz. Buning uchun safdoshlarimga rahmat aytaman. Nolimaymiz, ishlashda davom etamiz. Kasallik bilan og‘riyotgan futbolchilar tezroq sog‘ayishini, bugungi holat tezroq daf bo‘lishini istaymiz.
Chempionat kelasi seshanba kunidan tiklanadi. Ammo ungacha barcha klublar test topshirishi, bazasiga kirishi va avvaldan berilgan yo‘riqnomalarga qat’iy amal qilishi shart. Yana bemalollashsak, bilmadim. Bu haqda o‘ylashga ham qo‘rqadi odam”, — deydi Imomxo‘jayev.
Avvalroq Superliganing bir qator klublarida koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilgach PFL 10-tur o‘yinlarini 28-iyulga qadar qoldirishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
282   
Добавить комментарий
Ваше имя: *