Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ga noqulay raqib ustidan g‘alaba keltirdi

A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ga noqulay raqib ustidan g‘alaba keltirdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Yuventus» o‘z maydonida bu mavsumdagi noqulay raqibi «Latsio»ni qabul qilib, Krishtianu Ronalduning dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mehmonlar safida yagona javob to‘pini Chiro Immobile kiritdi. Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda «Latsio» «Yuve»ni 2 bor (A Seriya va Superkubokda) taslim etishga erishgandi.
G‘alabadan so‘ng «Yuventus» ochkolarini 80taga yetkazib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi. Endilikda Turin klubi eng yaqin ta’qibchisi «Inter»ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Latsio» esa 69 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
«Keksa sinora» hujumchisi Krishtianu Ronalduning chempionatdagi gollari 30taga yetdi va u to‘purarlik poygasida rimliklar hujumchisi Chiro Immobile bilan tenglashib oldi.
A Seriya, 34-tur
Yuventus – Latsio 2:1
20 iyul, «Alyans Stedium»
Gollar: Ronaldu (51 penalti, 54) – Immobile (83, penalti).
Yuventus: Shesni, Aleks Sandro, Bonuchchi, de Ligt, Bentankur, Kuadrado, Remzi (Matyuidi, 57), Rabo, Duglas Kosta (Danilo, 57), Dibala (Rugani, 89), Ronaldu. 
Latsio: Strakosha, Acherbi, Luis Felipe (Falbo, 89), Bashtush, Latssari (Moro, 89), Parolo, Anderson (Vavro, 66), Kataldi (Anderson, 75), Milinkovich-Savich, Immobile, Kaysedo (Adekane, 66).
Ogohlantirishlar: Anderson (37), Aleks Sandro (60), Bonuchchi (82), Danilo (88).
189   
Добавить комментарий
Ваше имя: *