Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ronaldu – APL, La Liga va A Seriyada 50tadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Ronaldu – APL, La Liga va A Seriyada 50tadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 37-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Bu o‘yinda portugaliyalik superyulduz Italiya chempionatlaridagi o‘zining 50- va 51-gollarni urdi.
Endilikda Ronaldu Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatlarida 50tadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U «MYU» safida APL bahslarida 84ta, «Real» safida La Ligada 311ta va «Yuventus» bilan A Seriyada 51ta gol urdi.
Ronaldu ayni damda Italiya chempionati to‘purarlar poygasida 30ta gol urib yetakchilikni Chiro Immobile bilan bo‘lishib turibdi. O‘z navbatida «Latsio» forvardi ham «Yuventus»ga qarshi o‘yinda gollari sonini oshirib oldi.
Krishtianu Ronaldu ayni damda Yevropa chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purarga beriladigan «Oltin butsa» uchun kurashda faol qatnashmoqda. Bu borada hozircha «Bavariya» forvardi Robert Levandovskiy 34ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Bundesliga o‘yinlari tugagan, A Seriyada esa yana 4 tur o‘yinlari bor. «Yuventus» oxirgi o‘yinlarini «Udineze», «Sampdoriya», «Kalyari» va «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *