Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu A Seriyaning chorak asrlik rekordini yangiladi

Ronaldu A Seriyaning chorak asrlik rekordini yangiladi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 37-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu hujumchining chempionat joriy mavsumidagi 50- va 51-gollari bo‘ldi.
Shu tariqa Ronaldu Italiya A Seriyasida oxirgi 25 yilda 50ta golni eng tez urgan futbolchiga aylandi. Bu uchun portugaliyalik futbolchiga 61ta o‘yin kifoya bo‘ldi. Taqqoslash uchun bu natijaga Andrey Shevchenko 68ta, Luis Ronaldo 70ta, Diogo Milito va David Trezege 78ta o‘yinda erishgan.
A Seriya tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord Ronalduning yana bir jamoadoshi Gonsalo Iguainga tegishli. Argentinalik hujumchi 2015/16 yilgi mavsumda Italiya chempionati o‘yinlarida 36ta gol urgan va ularning atigi uchtasi penaltidan kiritilgandi.
206   
Добавить комментарий
Ваше имя: *