Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Sarri va Ronaldu «Yuventus»da qoladimi? Klub sport direktori javob berdi

Sarri va Ronaldu «Yuventus»da qoladimi? Klub sport direktori javob berdi

Автор: admin

«Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarri va klub yetakchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Matbuotda faqat mish-mishlar tarqatiladi. Men bu yerda 10 yildan beri ishlayapman. Deyarli doimo biz musobaqa jadvalida peshqadamlik qilyapmiz. Allegri paytida 5 mavsumda g‘alaba qozondik. Durangdan keyin, hattoki mag‘lubiyatlardan keyin jamoa ichkarida jipslashardi.
Shak-shubha yo‘qki, Sarri kelasi mavsumda «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida qoladi.
Krishtianu — juda xushmuomala yigit. U jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lsa-da, hech kimga bosim o‘tkazmaydi. U murabbiy, rahbariyat va qolgan barcha o‘yinlari bilan bir xil gaplashadi. Krishtianu jamoada qolishiga ishonchi komil.
Dibala haqida esa shuni aytishim mumkinki, uning agentlari bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o‘tkazyapmiz. U biz uchun muhim o‘yinchi va kelajakda jamoaga foydasiga ko‘p tegadi», — dedi Paratichi.
Manba: sport24.ru
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *