Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Van Persi: «Arsenal»ga Yevropa Ligasi kerak emas»

Van Persi: «Arsenal»ga Yevropa Ligasi kerak emas»

Автор: admin

«Arsenal» sobiq hujumchisi Robin van Persi «to‘pchilar»ning Yevropa Ligasi uchun kurash olib borishi haqida gapirdi.
«Arsenal»ning Yevropa Ligasidagi ishtiroki? Bunga ikki tomondan qarash mumkin. «To‘pchilar» bu turnirda o‘ynashni xohlamaydilar, ular Chempionlar Ligasini istashadi.
Boshqa tomondan esa bu turnir Mikel Artetaga taktika, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlash, yangi darajaga ko‘tarilish, ko‘proq jiddiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaxshi bo‘lishi mumkin.
Agar mendan so‘rasangiz, Yevropa Ligasiga chiqmaslik va uning o‘rniga qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishni afzal ko‘raman. Umid qilamanki, «Arsenal» kelasi mavsumda eng katta jamoalar bilan raqobatlasha oladigan yangi darajaga chiqadi», – deb van Persining so‘zlarini keltiradi Daily Express.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *