Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pochettino «Yuventus»ni boshqarish uchun asosiy nomzodga aylandi

Pochettino «Yuventus»ni boshqarish uchun asosiy nomzodga aylandi

Автор: admin

Argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino «Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining o‘rnini egallashi mumkin, deya xabar bermoqda La Stampa nashri.
Manbaning yozishicha, Turin klubi rahbariyati mavsum yakunida Sarrini iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, klub Pochettinoning vakillari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Maurisioning o‘zi ham «Yuventus»ni boshqarishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Pochettinoning so‘nggi ish joyi «Tottenhem» klubi bo‘lgandi. Argentinalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida London jamoasi bilan Chempionlar ligasi finalida ishtirok etganiga qaramay, joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklar bois noyabr oyida iste’foga chiqarilgan va uning o‘rniga Joze Mourino taklif qilingan edi. 
Oldinroq, Pochettino nomzodi «Nyukasl»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar ekanligi ma’lum qilingandi. Qishda esa u «Barselona»ning taklifini rad etganligi haqida ispan nashrlari xabar bergandi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *