Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Laporta va Rosel «Barselona» prezidenti saylovida ishtirok etishadi

Laporta va Rosel «Barselona» prezidenti saylovida ishtirok etishadi

Автор: admin

«Barselona» prezidenti saylovida ishtirok etuvchilar soni oshmoqda.
OK Diario nashri rahbari Eduardo Inda xabariga ko‘ra, Jozep Bartomeu kursisini egallash uchun Joan Laporta, Viktor Font va Sandro Rosel istak bildirishgan.
Qayd qilish joizki, Laporta va Rosel avval bu lavozimda ishlashgan. 
«Barselona» prezidenti saylovi 2021 yilda o‘tkaziladi. Unda klubning 150 mingga yaqin a’zosi (sosos) ishtirok etishi mumkin. Jozep Bartomeu saylovda qatnashmaydi, chunki hech bir shaxs 2 martadan ortiq muddatga bu lavozimni egallashi mumkin emas.
Avvalroq Laporta agar «Barselona» prezidentligiga saylansa Qatarning «As-Sadd» klubida ishlayotgan Xavini bosh murabbiylikka taklif qilish haqida va’da bergan edi. Font esa asosiy tarkibga akademiya tarbiyalanuvchilarini qaytarishini, shuningdek, Messidan keyingi hayotga tayyorgarlik ko‘rishini e’lon qildi.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *