Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sancho uchun so‘nggi urunish

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Borussiya Dortmund” klubi vingeri Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritishdan voz kechgani yo‘q.
“Daily Star"ning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” YCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Sancho uchun Dortmund klubiga 80 million funt taklif qiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Jeydonning do‘sti Markus Reshford ham transferni amalga oshirish maqsadida o‘z do‘stini yangi jamoaga o‘tishga undamoqda.
Eslatib o‘tamiz, korona-tanaffus chog‘ida Dortmund klubi katta moliyaviy muammolarga duchor bo‘ldi. Shu bois, Sanchoning transferi haqidagi mish-mishlar tobora ko‘paymoqda.

Oblak “Chelsi”da?!

Mardidning “Atletiko” jamoasi darvozaboni Yan Oblak “Chelsi” jamoasiga o‘tishi mumkin.
“Goal" nashrining ma’lum qilishicha, Madrid klubi o‘z kipperini sotishga tayyor, biroq uning transfer summasi 120 million etib baholandi.
Hozirda, “aristokratlar” Madrid klubining taklifiga qarshi taklif yuborganlaricha yo‘q. Boz ustiga, Oblakning ketishini Diyego Simione ham istamayapti.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” allaqachon Oblakning aganti bilan uchrashgan va ilk muzokaralar olib borilgan.

“Valensiya”da ko‘tara savdo

Ispaniyaning “Valensiya” klubi jamoada kichik to‘ntarilishni amalga oshirmoqchi.
Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, klub maoshdan tejab qolish maqsadida bir yo‘la 6 ta asosiy futbolchisini transferga qo‘yadi.
Unga ko‘ra: Denis Cherishev, Dani Parexo, Rodrigo Moreno, Gonsalu Gedesh, Yasper Silessen va Joffri Kondogbialar yozda sotib yuboradi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Parexo bilan allaqachon “Atletiko” klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Bozdogan nishonda

Yevropaning eng iqtidorli futbolchisi deb e’tirof etilayotgan Jan Bozdogan faoliyatini top klublardan birida davom ettirishi mumkin.
Transfermarket portali bergan ma’lumotlarga qaraganda, 19 yoshli yarim himoyachi bilan “Atletiko” va “Tottenhem” klublari aloqaga chiqqan.
“Shalke” klubi o‘z tineyjerini 30-40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bozdogan allaqachon asosiy jamoada debyut qildi. 3 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi foydali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

Leanardo “Marsel”da?!

“Borussiya Dortmund” klubi himoyachisi Leanardo Balerdi faoliyatini Fransiyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.
“L'equipe"ning ma’lum qilishicha, Dortmund klubi 21 yoshli himoyachisini “Marsel”ga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga berib yubormoqchi. Manbaning ma’lum qilishicha, “Marsel” himoyachini to‘liq qo‘lga kiritish uchun 15 million yevro to‘lashi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Leanardo bundan bir mavsum ilgari “Boka Xuniors” jamoasidan 16 million yevro evaziga sotib olingan bo‘lib, bu mavsumda atigi 17 daqiqa harakat qildi.
364   
Добавить комментарий
Ваше имя: *