Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Garet Beyl “Real”ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi

Garet Beyl “Real”ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi

Автор: admin

“Real” hujumkor yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett uelslik futbolchining Madrid klubini tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Garet yaxshi holatda. Uning “Real” bilan shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor. U Madridda baxtiyor yashamoqda, u hech qayerga ketmaydi. Beyl jamoaning qolgan a’zolari kabi yaxshi holatda. Zidan ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Albatta, turli klublar Garetga qiziqish bildirmoqda, biroq biror klubda uni sotib olish imkoniyati borligiga ishonish qiyin. Garet “Real”ni tark etmaydi”, — deydi Barnett.
Avvalroq “Real” Beylning ikki yillik maoshini to‘lab berib, u bilan shartnomani to‘xtatmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
31 yoshli Beyl Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *