Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Manba: «Spartak» Urunov transferiga yaqin

Manba: «Spartak» Urunov transferiga yaqin

Автор: admin

«Ufa» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Oston Urunov Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tishga yaqin.
«Chempionat.ru» xabariga ko‘ra, «qizil-oqlar» 19 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazishmoqda.
Urunov shu yilning fevral oyida Toshkentning «Lokomotiv» klubidan 150 ming yevro evaziga «Ufa»ga o‘tgan edi.
Rossiya chempionatining bu mavsumida futbolchi 10ta o‘yinda maydonga tushib, sermahsul harakatlarni amalga oshirmadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Ufa» klubida bosh direktor bo‘lib ishlagan Shamil Gazizov «Spartak» bilan shartnoma imzolab, aynan shu lavozimni egallagan edi.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *