Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola: “Ortimizdan pichir-pichir qilmang!”

Gvardiola: “Ortimizdan pichir-pichir qilmang!”

Автор: admin

UYEFA “Manchester Siti”ga nisbatan ta’qiqni olib tashlagach, futbol olamida e’tirozlar soni ortib ketdi. Ko‘plab murabbiy va ekspertlar vaziyatni o‘zlaricha talqin qilishni boshlab yubordi. Shu sababli, Pep o‘zining ingliz nashrlari uchun bergan so‘nggi intervyusida ushbu masala yuzasida keskin fikr bildirdi.
-  “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” singari klublarga bizni APLda va YECHLda ko‘rish yoqimsiz. Buni juda yaxshi bilaman. Shunga qaramay, ular biz grandlar qatorida ekanligimizni va sovrinlar uchun kurash olib borayotganimizni hazm qilishlari lozim.
Ular avval egallagan sovrinlarni biz ham boshimiz utra ko‘tarishga haqlimiz deb hisoblayman. Biz yildan-yilga o‘z o‘yinimizni kuchaytirib boryapmiz. Buni jim turib tomosha qilish mushkul, biroq bu futbol buni barcha tan olishi lozim.
Hech kimdan bo‘lishimiz kerak bo‘lgan joyda ekanlimiz uchun ruhsat so‘ramoqchi emasmiz. “Siti”ning o‘rni qayerda bo‘lsa, u ayni damda o‘sha o‘rinni egallab turibdi. Agar biz mag‘lub bo‘lsak, doimo barchaning qo‘lini siqib xayrlashaman. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz doimo shunday qilganmiz. Yigitlar buni anglab yetishingiz kerak.

"Manchester Siti" grandlar qatorida bo‘lishni istamoqda va bu ish amalga oshib bormoqda. Biz ba’zida g‘alaba qozonamiz. Ba’zida esa, mag‘lub bo‘lamiz. Shu sababli, barchasini to‘g‘ri qabul qiling. Ortimizda pichir-pichir qilmasdan, maydonda bizni mag‘lub eting!”
Manba: sports.ru
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *