Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ramosdan Messigacha. La Ligada mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Ramosdan Messigacha. La Ligada mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Автор: admin

Ispaniyaning Marca nashri La Liga 2019/20-yilgi mavsumining ikkita ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Birinchi jamoadan eng ko‘p “Real” vakillari o‘rin oldi — 4 nafar. “Villyarreal” va “Sevilya”dan 2 nafardan, vitse-chempion “Barselona”dan esa faqat Lionel Messi mazkur jamoaga kiritildi.
Birinchi jamoa quyidagicha ko‘rinishda:
Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real”)
Himoyachilar: Felipe (“Atletiko”), Serxio Ramos (“Real”), Diego Karlos (“Sevilya”)
Yarim himoyachilar: Kazemiro (“Real”), Lukas Okampos (“Sevilya”), Santi Kasorla (“Villyarreal”), Martin Edegor (“Real Sosyedad”)
Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Karim Benzema (“Real”), Xerar Moreno (“Vilyarreal”).
Ikkinchi jamoa:
Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”)
Himoyachilar: Xesus Navas (“Sevilya”), Rafael Varan (“Real”), Xerard Pike (“Barselona”), Jene Dakonam (“Xetafe”)
Yarim himoyailar: Toni Kroos (“Real”), Raul Garsiya (“Atletik”), Frenki de Yong (“Barselona”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosyedad”)
Hujumchilar: Markos Lyorente (“Atletiko”), Luis Avila (“Osasuna”).
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *