Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Moyes: «Sulsher bilan yagona farqimiz – «Manchester Yunayted»da unga vaqt berildi»

Moyes: «Sulsher bilan yagona farqimiz – «Manchester Yunayted»da unga vaqt berildi»

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 37-turi doirasidagi «MYU» - «Vest Hem» o‘yini oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Devid Moyes Manchesterdagi faoliyati va Sulsherning ishiga baho berdi.
«Manchester Yunayted» — ajoyib klub va faoliyat yuritish uchun zo‘r joy. Shaxsan men uchun bu – jahonning eng katta klubi. «Old Trafford» avvalgi uyim, bu stadionga qaytishni intizorlik bilan kutayapman.
Sulsherning Manchesterdagi faoliyatida ham qiyin damlar kuzatilgandi. Jamoaning natijalari yaxshi bo‘lmagani sababli tanqid qilingani yodimda. U bilan oramizdagi yagona farq shundaki, unga vaqt va imkoniyat berishdi, menga esa berishmagandi. Sulsherning yutug‘i u klub istaganidek akademiya futbolchilariga qo‘rqmay ishonch bildiradi. «MYU» akademiyasida ajoyib iqtidorlar yetarlicha», - deya Moyesning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Devid 2013-2014 yillar davomida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan edi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» — «Vest Hem» uchrashuvi 22 iyul kuni «Old Trafford» stadionida o‘tkaziladi.
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *