Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Garet Beylning 2 yillik shartnomasi «Real»ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

Garet Beylning 2 yillik shartnomasi «Real»ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Real» hujumchisi Garet Beyl shartnomasi yakuniga yetmagancha jamoani tark etmoqchi emas. 31 yoshli futbolchi yana ikki yil davomida maosh olishda davom etmoqchi. Bundan tashqari, uelslik futbolchi hattoki ijaraga ham yo‘l olmoqchi emas. Buni o‘yinchining agenti Jonatan Bernat ham tasdiqladi.
"Real" esa imkon bo‘lishi bilan Beylni sotib yubormoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Chunki Garet o‘z darajasini namoyish eta olmayapti. O‘yinchining yillik maoshi soliqlar chiqarib tashlanganidan keyin 14,5 million yevroga teng.
Agar Beyl yana yil Madridda qoladigan bo‘lsa, "qaymoqranglilar" soliqlarni qo‘shib hisoblaganda 60 million yevro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi sharoitda esa bu "Real"dek baquvvat klubga ham og‘irlik qiladi.
Manba: football.ua
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *