Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” Zinedin Zidanga muddati chegaralanmagan shartnoma taklif qiladi

“Real” Zinedin Zidanga muddati chegaralanmagan shartnoma taklif qiladi

Автор: admin

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peresning jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan xizmatlaridan ko‘ngli to‘lmoqda.
Jurnalist Eduardo Indaning El Chiringuito efirida aytishicha, Peres fransiyalik mutaxassisga muddatsiz shartnoma taklif qilmoqchi va unga jamoani o‘zi istagan vaqtga qadar boshqarish huquqini taqdim qilish niyatida. Shuningdek, Peres Zidan ketishga qaror qiladigan bo‘lsa, unga klub sport direktorligi lavozimini taklif qilgan holda, jamoadagi sportga oid ishlarni uning ixtiyoriga topshirmoqchi.
Ta’kidlanishicha, funksioner Zidanni “Real”ning Aleks Fergyusoni timsolida ko‘rmoqda. Afsonaviy shotlandiyalik mutaxassis 27 yil mobaynida “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiylik qilgan va klubning muhim qarorlarini chiqarishda ishtirok etgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yida “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi. dastlabki bahsda madridliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *