Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Lids» xo‘jayini: «Ibrahimovich taklifimizni rad etgandi, Kavani haqida o‘ylayapmiz»

«Lids» xo‘jayini: «Ibrahimovich taklifimizni rad etgandi, Kavani haqida o‘ylayapmiz»

Автор: admin

«Lids» xo‘jayini Andrea Radritssani Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi oldidan klub tarkibi kuchaytirilishini ma’lum qildi. 
«Ibrahimovich? Yozgi transfer oynasida Zlatanni taklif etish qiyin bo‘ladi. Yanvarda uni chaqirgandik, biroq u taklifimizni rad etib «Milan»ni tanlagandi. 
Kavani? Albatta, u jamoamizni kuchaytira olgan bo‘lardi. Edinson jismoniy jihatdan ham o‘yin uslubimiz va Premer-ligaga juda mos keladi. Ammo men hali bosh murabbiyimiz Belsa bilan Kavani masalasida gaplashganim yo‘q. Shunga qaramay, biz uni taklif etish haqida o‘ylagandik. U hali ham erkin agent sanaladi, ko‘ramiz barchasi qanday yakunlanarkin», - deydi «Lids» klubi rahbari.
Ma’lumot uchun, «Lids» Chempionshipda 1-o‘rinni egallab, 16 yillik tanaffusdan keyin Premer-ligaga qaytdi.
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *