Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pep Gvardiola Premyer Ligada Fergyusonning rekordini yangiladi

Pep Gvardiola Premyer Ligada Fergyusonning rekordini yangiladi

Автор: admin

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir mavsum davomida boshlang‘ich tarkibda o‘zgarishlar qilish borasida Premyer Liga rekordini o‘rnatdi.
Joriy mavsum 37-turiga kelib ispaniyalik mutaxassis jamoa boshlang‘ich tarkibida 143 ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Bu borada Gvardiola “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning rekordini ortda qoldirdi. 2008/09-yilgi mavsumda Fergyuson boshlang‘ich tarkibda 140 ta o‘zgarish qilgandi.
Mazkur ko‘rsatkich borasida yetakchi murabbiylar bilan tanishing:
1. Xosep Gvardiola (143 o‘zgarish, 2019/2020-yilgi mavsum)
2. Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”, 140, 2008/2009)
3. Stiv Maklaren (“Midlsbro”, 136, 2005/2006)
4–5. Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”, 135, 2012/2013)
4–5. Yurgen Klopp (“Liverpul”, 135, 2017/2018).
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *