Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ronaldu “Oltin butsa” uchun kurashda Levandovski bilan oradagi farqni qisqartirdi. Yana 5 ta gol Krishtianuni g‘olibga aylantiradi

Ronaldu “Oltin butsa” uchun kurashda Levandovski bilan oradagi farqni qisqartirdi. Yana 5 ta gol Krishtianuni g‘olibga aylantiradi

Автор: admin

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2019/20-yilgi mavsum “Oltin butsa” sovrini kurashida “Bavariya” forvardi Robert Levandovski bilan o‘rtadagi farqni qisqartirdi.
Portugaliyalik futbolchi A Seriya 34-turi doirasida “Latsio”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, mavsumdagi gollari sonini 30 taga yetkazib oldi. Shu tariqa Ronaldu “Oltin butsa” reytingida 60 ochko to‘pladi va Robertdan 8 ball ortda qolmoqda. Kuchli uchlikni “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile egallagan. Turindagi o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan futbolchi ushbu mavsumda 29 ta gol urishga erishgan.
Qayd etish joiz, Bundesligada mavsum yakunlangan, A Seriya tugashiga hali to‘rtta tur bor.
“Oltin butsa”—2019/20 sovriniga da’vogarlar:
  1. Robert Levandovski (“Bavariya”) — 34 gol, 68 ochko
  2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Italiya) — 30 gol, 60 ochko
  3. Chiro Immobile (“Latsio”, Italiya) — 29 gol, 58 ochko
  4. Timo Verner (“Leypsig”, Germaniya / “Chelsi”, Angliya) — 28 gol, 56 ochko
  5. Erling Holand (“Borussiya D”, Germaniya) — 29 gol, 50 ochko
  6. Lionel Messi (“Barselona”, Ispaniya) — 25 gol, 50 ochko.
Reytingda ochkolarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: futbolchining mavsum davomida urgan gollari soni chempionat koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Eng katta koeffitsiyent Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya chempionatlaridagi gollar uchun beriladi — 2.
Agar bir va undan ortiq futbolchi bir xil ochko to‘playdigan bo‘lsa, o‘rin bir o‘yinda urilgan o‘rtacha gollar soniga qarab belgilanadi. Shu tariqa Levandovski va Ronalduning ochkolari teng kelib qolsa, g‘alaba katta ehtimol bilan polshalik futbolchi tomonida bo‘ladi. U 31 o‘yinda 34 ta gol urgan, Ronaldu esa 30 gol uchun 30 ta o‘yin sarflashiga to‘g‘ri keldi. Biroq portugaliyalik futbolchi qolgan 4 o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lsa birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi.
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *