Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Manchester Siti» «Uotford»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

APL. «Manchester Siti» «Uotford»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 37-turi doirasida ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Uotford» «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushdi.
Butun o‘yin davomida maydonda ustunligini ko‘rsata olgan Gvardiola shogirdlari safarda yirik hisobda g‘alabaga erishishdi. Sterling birinchi bo‘limdayoq dublini rasmiylashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Foden va Laportning gollari Manchester klubiga yirik g‘alabani taqdim etdi. Ushbu to‘rtta gol bilan «shaharliklar»ning joriy mavsumda APLda kiritgan gollari soni 97tani tashkil etmoqda.
Mavsumni 2-o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lib ulgurgan «Man Siti» jamoasining ochkolari soni 78taga yetdi. «Uotford» esa 34 ochko bilan 17-o‘rindan joy olib, jamoani xavfli zonadan 3 ochko ajratib turibdi. 
APL. 37-tur
Uotford – Manchester Siti 0:4
Gollar: 0:1 – 31 Sterling, 0:2 – 40 Sterling, 0:3 – 63 Foden, 0:4 – 66 Laport.
Uotford – Foster, Kabasele, Douson, Mariappa, Femeniya, Pereyra, Kleverli, Xyuz, Dukure, Sarr, Dini (Uelbek, 67).
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker (Zinchenko, 64), Laport (Stounz, 74), Erik Garsiya, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Foden, de Bryuyne, Sterling (Mahrez, 64), Gabriel Jezus.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *