Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Aston Villa» «Arsenal»ni mag‘lub etdi

APL. «Aston Villa» «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 37-turi doirasidagi yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Aston Villa» klubi «Arsenal»ni qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Mahmud Trezege tomonidan kiritilgan gol Birmingem klubiga London jamoasi ustidan muhim 3 ochkoni keltirdi.
Natijada ochkolari sonini 34taga yetkazgan «Aston Villa» jamoasi bir pog‘ona ko‘tarilib, 17-o‘ringa chiqib oldi. «Arsenal» esa 53 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
APL. 37-tur.
Aston Villa – Arsenal 1:0
Gol: 1:0 – 27 Trezege.
Aston Villa – Reyna, Al-Muhammadi (Gilber, 25), Konsa, Mingz, Targett, Duglas Luis, Xurixeyn (Nakamba, 73), Trezege, Makginn (Lensberi, 90), Grilish, Samatta (Devis, 72).
Arsenal – Martines, David Luiz (Pepe, 60), Xolding, Kolashinats, Soaresh (Uillok, 79), Torreyra (Jaka, 46), Sebalos, Saka (Tirni, 60), Obameyang, Lyakazett, Nketia.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *