Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe «PSJ»da qoladimi? Futbolchi javob berdi

Mbappe «PSJ»da qoladimi? Futbolchi javob berdi

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsumda qaysi jamoada to‘p tepishini ma’lum qildi.

«Men — «PSJ» o‘yinchisiman va ushbu loyihaning bir qismiman. Kelasi mavsumda ham «PSJ»da o‘ynayman. Jamoa bilan imkon qadar ko‘proq sovrin yutishga harakat qilaman.

Oldinda muhim yil turibdi. «PSJ» o‘zining 50 yilligini nishonlaydi. Shuning uchun barcha sovrinlarni yutishda qo‘ldan kelgan barcha ishni qilaman», — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda u Fransiya chempionati doirasida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru
183   
Добавить комментарий
Ваше имя: *