Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» 25 yilda birinchi bor mavsumni 7-o‘rindan quyida yakunlaydi

«Arsenal» 25 yilda birinchi bor mavsumni 7-o‘rindan quyida yakunlaydi

Автор: admin

«Arsenal» Premer-liganing 37-turida «Aston Villa»ga mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Chempionat yakunlanishiga 1 tur qolganida «to‘pchilar» 54 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turishibdi va 7-o‘rindagi «Tottenhem»dan 5 ochko kam jamg‘arishgan. Ko‘rinib turibdiki, «Arsenal» mavsumni top-7da yakunlay olmaydi.
Shu tariqa «Arsenal» 1994/95 yilgi chempionatdan beri (o‘shanda londonliklar 12-o‘rinni egallashgan) ilk bor APLni 7-o‘rindan quyida tugatadi. 
Ma’lumot uchun, klubning afsonaviy murabbiy Arsen Venger davridagi (1996-2018) eng yomon natijasi 6-o‘rin sanaladi. Jamoaning hozirgi ustozi esa Mikel Artetadir.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *