Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «Liverpul»ning APL kubogini boshi uzra ko‘tarishi futbol tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘ladi»

Klopp: «Liverpul»ning APL kubogini boshi uzra ko‘tarishi futbol tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘ladi»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Premer-liga yakunlanishiga 7 tur qolganida jamoasining chempionlikka erishgani haqida gapirdi.
«Men doim chempionlikni muddatidan avval yutish yaxshiroq, deb o‘ylaganman. Chempionlar Ligasi finalida esa hamma narsa bir lahzada hal qilinadi. 7 tur qolganida Premer-ligani yutdik, bunga mutlaqo aql bovar qilmaydi. O‘ylaymanki, kubokni boshimiz uzra ko‘tarishimiz futbol tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘ladi.
Agar kimdir chempion bo‘lish uchun biror mamlakat yoki jamoani taklif qilsa, men «Liverpul»ni tanlagan bo‘lardim. Chunki ko‘pchilik ushbu jamoada bo‘lishni istaydi. Biz shunday baxtga muyassar bo‘ldik», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi The Guardian.
Ma’lumot uchun, 37-turdan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi bahsdan so‘ng «Liverpul»ga 30 yil kutilgan APL bosh sovrini topshiriladi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *