Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Krishtianu Ronaldu: “Rekordlar har doim muhim bo‘lgan, biroq hozir jamoaning g‘alabasi undan-da muhimroq”

Krishtianu Ronaldu: “Rekordlar har doim muhim bo‘lgan, biroq hozir jamoaning g‘alabasi undan-da muhimroq”

Автор: admin

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati 34-turidan o‘rin olgan “Latsio”ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz ajoyib mavsum o‘tkazayotgan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lishini tushunib turgandik. Ammo biz uyda g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatmiz borligini ham bilardik. G‘alabadan xursandmiz.
Rekordlar har doim muhim bo‘lgan, ammo bu vaziyatda jamoaning g‘alaba qozonishi undan-da muhimroqdir. Biz ajoyib jamoamiz, buni bugun ham namoyish etdik. Doim o‘yinimizni yaxshilashni va darajamizni yuqoriga ko‘tarishni xohlaymiz.
Biz e’tiborimizni Chempionlar Ligasiga qaratamizmi? To‘rtta o‘yin qoldi. A Seriyaning qiyin musobaqa ekanligini bilgan holda unga noto‘g‘ri yondasha olmaymiz. Ammo jamoa a’lo darajada harakat qilmoqda”, — deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *