Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Arteta «Arsenal»ning top-6ga kira olmaganiga o‘z munosabatini bildirdi

Arteta «Arsenal»ning top-6ga kira olmaganiga o‘z munosabatini bildirdi

Автор: admin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 37-turidan o‘rin olgan «Aston Villa» bilan (0:1) bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bizga biroz kuch yetishmadi. «Villa»ni tabriklaymiz. Ular kuchli bosim ostida edilar. Shunga qaramay, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bizda yaxshi hujumlar bo‘ldi, ammo yakuniy uzatmalarni yetkazib bera olmadik. Jismoniy va hissiy jihatdan bu og‘ir hafta edi, lekin men oxirigacha kurashmoqchi bo‘lgan jamoani ko‘rdim. O‘yinga bo‘lgan munosabatdan xafa emasman – yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlarni bilaman. 
25 yil ichida ilk bor top-6da emasligimiz? Bo‘shliq borligi rost. Biz uni qisqartirishimiz kerak. Men Kronke, direktorlar kengashi va sport direktorining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini his qilyapman. 100 foiz. Muxlislar ishonsa bo‘ladi», – deb Artetaning so‘zlarini keltiradi VVS.
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *