Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» La Ligada hakamlar qaroridan eng ko‘p yutgan jamoa bo‘ldi. «Barselona» - 15-o‘rinda

«Real» La Ligada hakamlar qaroridan eng ko‘p yutgan jamoa bo‘ldi. «Barselona» - 15-o‘rinda

Автор: admin

La Liga 38-turidan keyin joriy yilgi chempionat bahslaridagi hakamlik yakunlari sarhisob qilindi.
Tvitterda La Liga statistik ma’lumotlarini taqdim etib boruvchi 3 milliondan ziyod o‘quvchisiga ega MisterChip hisobotlariga ko‘ra, hakamlarning qaroridan eng ko‘p yutgan jamoa «Real» klubi bo‘ldi. 
Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha beshlikdan «Atletiko», «Selta», «Sevilya» va «Vilyarreal» klublari ham joy olgan. 
Mavsum davomida chempionlik uchun kurashgan va yakunda chempion «Real»dan keyingi 2-o‘rinni egallagan «Barselona» bu ro‘yxatda 15-o‘rindan joy olgan. 
Ushbu hisobotni tayyorlashda belgilangan penaltilar, chetlatish, sariq kartochka va hakamlarning boshqa ko‘rsatkichlari inobatga olingan.
 
Ma’lumot uchun, «Real» «Barselona»dan 5 ochko ko‘p jamg‘arib, 87 ochko bilan La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *