Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Spartak» Oston O‘runov uchun «Ufa»ga jami 4 million yevro taklif qilishga tayyor

«Spartak» Oston O‘runov uchun «Ufa»ga jami 4 million yevro taklif qilishga tayyor

Автор: admin

Moskvaning «Spartak» klubi «Ufa» jamoasining o‘zbekistonlik 19 yoshli futbolchisi Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin, deya xabar bermoqda Sport24 nashri. 
Manbaning yozishicha, Moskva klubi O‘runov transferi uchun dastlab 2 million yevro to‘laydi. Oston «Spartak» safida ikki yil davomida to‘p sursa «Ufa» futbolchi uchun yana qo‘shimcha 2 million yevro bonus oladi. 
Qayd etilishicha, moskvaliklar yana bir xil variant taklif qilishgan: «Ufa» O‘runov uchun 2 million yevro transfer puli olib, so‘ng «Spartak»ning Ostonni boshqa klubga transfer qilishidan tushadigan mablag‘ni teng yarmiga ega chiqadi. 
Oldinroq, «Spartak» o‘zbekistonlik futbolchining transfer masalasini hal etgani, tomonlar ayni damda O‘runovning shaxsiy shartnomasi masalasida muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
212   
Добавить комментарий
Ваше имя: *